
Usbekisk
Karensening NoTe Norwegian Teaching nomli onlayn kursiga xush kelibsiz!
Barcha uchun moʿljallangan onlayn Norveg tili kursi ushbu tilning barcha bosqichlarini oʿz ichiga qamrab olgan. Bizning til oʿrganish kursimiz sizni Norveg tilidan davlat imtixoniga va Bergentestga tayyorlab beradi. Bundan tashqari, kursimiz UDI va Kompetanse Norge tomonidan tasdiqlangan. Darslarimiz ona tilisi Norveg tili boʿlgan, Norveg tilida dars berishda koʿp yillik tajribaga ega, oliy toifali oʿqituvchilar tomonidan olib boriladi.
Onlayn kursning qulayligi
Bizning kurslarimiz onlayn tarzda olib boriladi, shu sababli, ta’lim olish jarayoni juda qulay. Qachon va qay holatda ta’lim olish oʿzingizga bogʿliq! Balki siz oʿta band insondirsiz, yoki ertadan kechgacha ishdadirsiz, yoki boʿlmasa uy bekasi, yoki talabadirsiz. Vaqtingiz qanchalik tigʿiz bo’lishidan qat’iy nazar, bizning kursimiz xayotiy vaziyatingizdan kelib chiqib, ta’lim olishga imkon beradi.
Kursimiz A1, A2, B1, B2 va C1 bosqichlarini oʿz ichiga olgan. Tilni oʿrganish istagida boʿlsangiz xoh ilk bosqichda, yoki yuqori boshqichlarida bo’lasizmi, oʿzingizga mos kursni tanlab oʿrganishingiz mumkin. Kursning maksimal darajada foydasi tegishi uchun har kuni 2-3 soat shugʿullanishni tavsiya etamiz.
Budan tashqari, sogʿliqni saqlash va maktabgacha ta’lim tizimida ishlashga moʿljallangan Norveg tili kursini taklif etamiz. Shuningdek, ogʿzaki nutqni mukammallashtirishni istaganlar uchun, ogʿzaki mashgʿulotlarimiz ham mavjud. 50 soatlik “Ijtimoiy fanlar” kursini oʿqishni istaganlarga esa darslar Norveg, Arab va Ingliz tillarida olib boriladi.
Tajribali ustozlar va sifatli darslar
Onlayn kursimiz 2015-yili Karense tomonidan tashkil etilgan boʿlib, u oʿzining 15 yildan ortiq dars berish tajribasidan kelib chiqqan xolda natijaviy kursni yaratishga intilgan. Onlayn maktab talabalarga toʿgʿri tavsiya berib, yoʿnaltira oladigan oliy toifali oʿqituvchilardan iborat butun bir jamoani oʿz ichida jamlagan. Onlayn kurslarimiz bilan bir qatorda, Karensening YouTubedagi videolari, podkastlari, ovozli xabarlari, Instagram tarmogʿi va Facebook guruhlaridagi bepul manbalaridan foydalanishingiz mumkin.
Bizning ommaviy tarmoqdagi kanallarimiz bilan batafsil quyida keltirilgan manzil orqali tanishishingiz mumkin.
Ommaviy tarmoqdagi kanallarimiz bilan bu yerda tanishing.
Yakka tarzda olib boriladigan kurslar
Onlayn kurslar Norveg tilida oʿqish, tinglash, yozish va suxbatlashish qismlarini oʿz ichiga oladi. Yuborilgan yozma topshiriqlar oʿqituvchilarimiz tomonidan tekshiriladi va kerak boʿlgada, xatolari ustida ishlanadi. Shu tarzda keyingi topshiriqlarni mukammalroq bajarishga tavsiya va maslaxatlar olasiz. Kurslarimiz xaqida batafsil maʿlumotga ega boʿlmoqchi boʿlsangiz, quyida keltirilgan manzil orqali tanishishingiz yoki qiziqtirgan savollaringizni bizga elektron xat orqali murojat ertishingiz mumkin.
Shu bilan birga, 1 oy ichida darsni olib boruvchi oʿqituvchingiz bilan 1 soatgacha muloqot qilish imkoniyatiga ega boʿlasiz. Berilgan soatlarni ogʿzaki nutqingizni mashq qilishga ishlatishingiz mumkin. Shu yoʿl bilan siz faqatgina oʿqib va yozib-chizibgina emas, balki oʿz talaffuzingiz ustida ishlab Norveg tilida suxbat qurish maxoratingizni oshirishingiz mumkin. Tavsiya etilgan soatlarni grammatikaning siz tushunmagan qismlarini chuqurroq oʿrganishga, yoki boʿlmasam ishga kirish oldidan suxbatga tayyorlanishga ishlatishingiz ham mumkin.
Ishlatilgan soatingiz tugagandan soʿng sizga gaplashilgan mavzu boʿyicha siz oʿrgangan, qaytarishingiz yoki oʿrganishingiz lozim boʿlgan jabxalar va siz uchun kerakli manba’larni oʿzida mujassamlagan xisobot yuboriladi.
Barcha bosqichlarni oʿz ichiga olgan ingliz tili kursi
NoTe- qiziqqanlar uchun Ingliz tilining barcha bosqichlarini va biznes-ingliz tilini oʿrganishni taqdim etadi. Bizning onlayn kursimizda 1 oydan 6 oygacha davom etadigan va B1 bosqichigacha olib chiqadigan kurslar mavjud. Darslarni tamomlaganingizdan soʿng, sizda chuqurroq oʿrganish istagi tugʿilsa, siz oʿqituvchi bilan bevosita shugʿullana olish uchun dars soatlarni sotib olishingiz mumkin.
Ingliz tili kurslarimiz nafaqat tilni oʿzlashtrish istagida boʿlganlarga, balki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida oʿqish istagida yurgan, IELTS yoki TOEFL imtixonlariga tayyorlanayotgan talabalarga ham as qotadi. Bizning ingliz tili oʿqituvchimiz asli AQSHlik boʿlib, hozirda Norvegiyada istiqomat qiladi.
Karense bilan tanishing
Karensening YouTube kanali orqali siz Karensening oʿzi bilan oʿrganishingiz, hamda onlayn kurslari bilan qisqacha tanishishingiz mumkin. Bizning onlayn kurslarimiz xaqida tasavvurga ega boʿlishni istasangiz, quyida keltirilgan manzil orqali qisqa videoni koʿrishingizni tavsiya etamiz:
Yoziling!
Kurslarimizda yangi talabalarni kutib qolamiz. Hozirda qaysi bosqichda boʿlishingiz yoki qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, sizni kurslarimizga lutfan taklif etamiz. Bizning maqsadimiz sizning Norveg tilini mukammal darajada oʿzlashtirib olishingizda koʿmaklashishdir.